Iste’mol narxlari indeksi (INI) va inflyasiya darajasi 2018 yilning birinchi oyi davomida iste’mol bozorida tovar va xizmatlar o‘rtacha 2,7 %ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 3,5 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,3 %ga va xizmatlar 1,4 %ga qimmatlashgan.
Ma’lumot uchun: 2017 yilning yanvar oyida tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari 0,8 %ga, shulardan oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar 0,6 %ga oshgan.
2018 yilning yanvar oyida asosiy inflyasion omil sifatida. oziq-ovqat tovarlari narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: 2017 yilning yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi umumiy INI o‘sishida 62,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 22,0 %, xizmatlar 15,2 % ni tashkil etgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi yuqorida ta’kidlanganidek, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 3,5 %ga qimmatlashib, bu esa umumiy INIning umumiy o‘sishiga 1,6 f.d. (foiz darajasi)da ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati