O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
2018 yilning 14 mart kuni Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muxamediuli “2018 yilda Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili”ni o‘tkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi”ni imzoladilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi