2018 YILDA TOShKENTDA 220 TA KO‘P QAVATLI UYDA MTMLAR TAShKIL ETILADI

0
158
marta ko‘rilgan.

Poytaxtimizda 2018 yilda yangi quriladigan va mavjud ko‘p qavatli uylarning birinchi va ikkinchi qavatida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim maskanlarining reja-jadvali tasdiqlangan. 

Joriy yilda Toshkentda 420 dan ortiq ko‘p qavatli uy quriladi. Ularning 220 tasi xususiy tadbirkorlar tomonidan, 200 tasi esa davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida barpo etiladi. 

220 ta ana shunday uyning birinchi va ikkinchi qavatida tadbirkorlar tomonidan kichik hajmdagi bolalar bog‘chalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

Ota-onalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda yakka tartibdagi xonadonlarda ham 40-50 o‘rinli xususiy bolalar bog‘chalari tashkil etiladi. 

Toshkent shahrida 2018 yilda 53 mingta, 2019 yilda 16 mingta, jami 69 ming nafar bola maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinadi. 

Har bir tumanda 3 tadan 5 tagacha bolalar bog‘chalariga ta’lim muassasalarida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlash maqsadida namunali faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan xizmat ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda poytaxtda 632 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 185 tasi xususiy. Ta’lim maskanlarida 123 mingga yaqin o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. Toshkent shahrida bog‘cha yoshidagi, ya’ni 3-6 yoshdagi bolalar 190 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. 

Nazokat Usmonova, O‘zA 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.