24-dekabr – Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovlar kuni

0
116
marta ko‘rilgan.

Yakkasaroy tumanidagi 873-saylov uchastkasi mamlakatimiz madhiyasi sadolari ostida erta tongdan-oq ish boshladi. Siyosiy maskan saylov qonunchiligida nazarda tutilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Bu yil birinchi marta ovoz berayotgan Madina G‘ulomova siyosiy jarayonda ishtirok etayotganidan xursandligini bildirdi:
– Konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berdim, – deydi u. – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlardan, yoshlarga bo‘lgan e’tibordan ruhlanib biz yoshlarning jamiyatda faolligimiz oshib, yurtimiz kelajagiga ishonchimiz yuksalmoqda. Bugun har birimizning ovozimiz oilamiz baxti, mahallamiz obodligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini chin yurakdan anglab turibmiz. 

O‘zA xabariga ko‘ra, Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining har biriga 30 deputat saylanishi belgilangan. Poytaxtimizda 330 saylov okrugi tashkil etilgan bo‘lib, 885 saylov uchastkasi faoliyat olib bordi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.