O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko‘p asrlik boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»
Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna – Farg‘ona politexnika institutining «Elektr nergetikasi» kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati
Marufova Gulnora Maxmudovna – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna – Andijon davlat universitetining «O‘zbek tilshunosligi» kafedrasi professori, Andijon viloyati
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist»
Uteniyazova Altingul Paluanovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qoraqalpog‘iston» telekanalining katta muharriri
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Raxmatullayeva Shafoatxon – Qo‘qon shahar musiqali drama teatri aktyori, Farg‘ona viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Bobomurodova Xosiyat – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Boymuradova Jumaxol Norboevna – Zarbdor tumanidagi «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati
Irisbekova Kammuna Narinbaevna – «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna – Namangan viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi
Qobulova Mavluda Umarjonovna – Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Maxmudova Dilbar Pirimkulovna – Erkin ijodkor, yozuvchi va publitsist
Otajanova Masuda Yuldashevna – Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
Salimova Sharipa – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Toxtayeva Guzal Kashibovna – O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari
Tulegenova Akshagul Abuevna – Konimex tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi, tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi, Navoiy viloyati
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Nadirxanova Natalya Suratovna – Buxoro viloyati perinatal markazi direktori
Turdiyeva Matlyuba Xalimovna – Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Samarqand viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdullayeva Sanam Raimovna – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Abduraximova Muxayyo Raxmatullaevna – Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo‘shma korxonasining tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jumayeva Mavjuda Shodmonovna – Koson tumanidagi «Ko‘zmunchog‘im» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Zununova Saxabat Islamovna – «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Iplina Antonina Aleksandrovna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Kadirxanova Malika Akbarovna – «Tadbirkor ayol» uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi raisi
Kasimova Mukaddas Zaynutdinovna – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi, Toshkent shahri
Muxammadiyeva Xushvak – Paxtachi tumanidagi «Avangard» fermer xo‘jaligi pillachisi, Samarqand viloyati
Sadullayeva Faraxat Aminovna – Urganch shahridagi «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
Sattarova Farog‘at – «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Safarova Zamira Xaydarovna – G‘ijduvon tumanidagi «G‘ijduvon Mashhurasi» xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
Turdikulova Shaxloxon Utkurovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Xatamova Risligoy Gofurjanovna – Erkin ijodkor, shoira
Yuldashyeva Muxabat Aysaraxunovna – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Kapital bella» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Yulchiyeva Gulnora Dexkanovna – «Mahalla ziyosi» Respublika o‘quv-uslubiy markazi direktorining o‘rinbosari
«Shuhrat» medali bilan
Azizova Maftuna Raxmatullo qizi – «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani bo‘limi a’zosi, gilamdo‘z, Surxondaryo viloyati
Jalilova Mu’tabar Abidovna – Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun 2-internat uyi tarbiyachisi
Jurabayeva Saxiba Ergashevna – «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexi sirlovchisi, Toshkent viloyati
Kokotova Olga Nikolaevna – Guliston shahridagi «Quvonch» maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati
Navruzova Lola Xushmurodovna – Qarshi shahridagi «Sanam» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Qashqadaryo viloyati
Rajabova Sara Durdievna – Hazorasp tumanidagi «Shovot» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2018 yil 7 mart
Manba:O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali