Achilbay Ramatov O‘FAning yangi prezidenti, Umid Ahmadjonov 1-vitse prezident

0
126
marta ko‘rilgan.

Bugun 25 yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masalalardan biri O‘FFning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish bo‘lib, konferensiya delegatlari O‘zbekiston futbol federatsiyasini O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasiga o‘zgartirilishiga bir ovozdan rozilik bildirishdi.

Shu paytga qadar O‘FF prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligiga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 1-o‘rinbosari Achilbay Ramatov O‘FAning yangi prezidenti etib saylandi.

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi prezidentligi bilan birgalikda O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti sifatida ham faoliyat yuritadi.

O‘FA xabari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.