Adhamjon Ergashyev jahon chempionatining bronza medali sohibi

0
61
marta ko‘rilgan.

Adhamjon Ergashyev jahon chempionatining bronza medali sohibi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 28 noyabr kuni AQShning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati start olgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi yilning eng nufuzli musobakasida 10 nafar sportchi (8 ta erkaklar 2 ta ayollar) bilan ishtirok etmoqda. 

Hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib, 62 kg. vazn toifasida Adhamjon Ergashyev bahslarga kirishib, dast ko‘tarishda 135 kg, siltab ko‘tarishda 157 kg, umumiy 292 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Jahon chempionati bugun yakunlanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.