Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining boshqa xalqaro konferensiyalardan farqi nimada?

0
123
marta ko‘rilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan sessiya yig‘ilishida aytib o‘tdi, deya xabar beriladi uza.uz saytida

“Bundan oldin ham Afg‘oniston bo‘yicha qator uchrashuvlar va muloqot guruhlari tashkil etilgan. Tokio, Bon, London, Istanbul konferensiyasi va boshqalar shular jumlasidan. Xo‘sh, Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali Toshkent konferensiyasining ulardan farqi nimada? Gap shundaki, ushbu konferensiyalar asosan Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash kabi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan edi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjuman Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona va oqilona yo‘li sifatida hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hyech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishni nazarda tutadi. Bu kabi muhim siyosiy-ijtimoiy yo‘nalishdagi vazifalar Afg‘oniston hukumati tashabbusi bilan boshlangan Kobul jarayonida ham o‘z aksini topgan edi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.