Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi

0
80
marta ko‘rilgan.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.  

Afg‘oniston delegatsiyasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy uskunalar va boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanishdi. 

Tadbirda samimiy do‘stlik munosabatlarining ifodasi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 dona “Isuzu” rusumli avtobus va “New Holland” markali 3 ta traktor O‘zbekiston Respublikasi nomidan birodar Afg‘onistonga hadya etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.