Afg‘oniston Prezidenti Buxoroning qadimiy me’moriy obidalari bilan tanishdi

0
59
marta ko‘rilgan.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari kunning ikkinchi yarmida Buxoro shahrining tarixiy markaziga tashrif buyurdi. 
Mazkur markaz qadimiy va ko‘p asrlik tarixga ega, yetti iqlimga mashhur me’moriy obidalarni o‘z ichiga olgan. 

Mehmonlar ko‘hna Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi tarkibiga kiruvchi Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. 10 ming kishiga mo‘ljallangan Masjidi Kalon tarixi, binoning me’moriy ulug‘vorligi, ibodatchilar uchun yaratilgan qulayliklar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Afg‘oniston delegatsiyasi a’zolari Kogon tumani hududida joylashgan buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida bo‘lib, Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi. 

Shuning bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.