Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida

0
59
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 2018 yil 26 mart kuni amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.

Ikki davlat rahbarlari 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va so‘zga chiqadi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani muzokara o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.