Ayollar kurashi. Nabira Yesenbaeva Osiyo vitse-chempioni

0
142
marta ko‘rilgan.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha turnir doirasida ayollar kurashi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda uch nafar sportchimizda medal olish uchun bellashdi. Afsuski, ikki sportchimiz bronza uchun bahslarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Finalgacha yetib borgan  Nabira Yesenbayeva ham hal qiluvchi bahsda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va qit’a chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi.
Bugun ayollar kurashida yana besh nafar sportchimiz o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.
Ertadan esa Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha bahslarga start beriladi. 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.