Baliqchilik rivojiga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

0
76
marta ko‘rilgan.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Buxorobaliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.  

Prezidentimiz xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalariga doimiy e’tibor qaratmoqda. Hududlarning bu boradagi imkoniyatlarini oqilona ishga solish orqali mahsulot  ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda. 

“Buxorobaliqsanoat” tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu xalqimiz ratsionini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash bilan birga go‘sht narxini arzonlashtirish imkonini beradi. 

Qo‘shimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq go‘shtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Prezidentimiz Buxoroda tabiiy ko‘llar ko‘pligi, ularda baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi. Buxoro viloyatida bu sohani rivojlantirishga yana 100 milliard so‘m ajratish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.