Basketbol. O‘zbekiston chempionatining birinchi turi yakunlandi

0
257
marta ko‘rilgan.

7-12 fevral kunlari Navoiy shahrida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Musobaqada 11 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordilar. 
 
“A” guruhida TShVSM (Toshkent), “So‘g‘diyona” (Navoiy), “Elektroapparat” (Toshkent), SKMO (Toshkent), “Jayhun” (Nukus) jamoalari o‘yin o‘tkazdilar. Tur yakunlariga ko‘ra, o‘tkazilgan to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozona olgan Mudofaa vazirligining SKMO jamoasi sakkiz ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa yetti ochkoga ega bo‘lgan “Elektroapparat”ga nasib qildi. Olti ochko to‘plagan “So‘g‘diyona” jamoasi guruhda uchinchi bo‘ldi.
 
“B” guruhida esa olti jamoa – O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, “Buxoro”, “Namangan”, “Guliston” (Sirdaryo), “Surxon” (Surxondaryo) va “Farg‘ona” jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. Guruhda beshta o‘yinning barchasida g‘alaba qozona olgan “Buxoro” jamoasi o‘n ochko to‘plagan holda, guruh g‘olibiga aylandi. Ikkinchi o‘rinni esa to‘qqiz ochko bilan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin sakkiz ochko jamg‘argan “Farg‘ona”ga nasib qildi. 
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.