Birinchi Prezidentimizning hayoti va serqirra faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

0
183
marta ko‘rilgan.

Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan muzey ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov” nomli foto va kitoblar ko‘rgazmasining ochilish marosimida Farg‘ona shahrining bir qator o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmada Islom Abdug‘aniyevich Karimovning hayoti va faoliyatiga oid fotosuratlar namoyish etildi. Ko‘rgazma markazida Islom Karimov tomonidan Farg‘ona halqiga Mustakillikning bir yilligi munosabati bilan sovg‘a qilingan katta chinni ko‘za namoyish etilmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmadan Prezident asarlari to‘plami, prezident haqidagi kitob, jurnal va gazetalar joy olgan.

Muzey ilmiy xodimi Z. Axmedova ko‘rgazma ishtirokchilariga Prezidentning hayoti va uning serqirra faoliyati, Mustaqilligimiz asoschisining Prezidentlik davrida mamlakatimiz qanday yutuqlarga erishganligi, uning Farg‘ona viloyatiga tashrifi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida tomoshabinlarga Mustaqillik ekspozitsiyasi bo‘ylab mavzuli ekskursiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.