Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari haftasiga besh kun o‘qishi tasdiqlandi

0
530
marta ko‘rilgan.

 Joriy yilning 1 martidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinflari haftalik o‘quv davomiyligi 5 kun bo‘lgan o‘qish jarayoniga o‘tkazilishi hayotiy islohotlardan yana biridir.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi yig‘ilish bayonida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarini (1 — 4-sinflar) haftasiga 5 kunlik o‘qish jarayoniga o‘tkazish vazifasi belgilangan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga yanada ko‘proq imkoniyat yaratish, ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash hamda oilaviy an’analarni shakllantirishdan iboratdir.

Shuningdek, bunday imkoniyat orqali o‘quvchilar ota-onalari bilan birgalikda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohat qilishlariga zamin yaratiladi. Qolaversa, haftaning shanba kunlari muassasalarda o‘quvchilarning qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda, turli fan to‘garaklari, sport seksiyalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etiladi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida shu yilning 1 martidan e’tiboran respublikadagi barcha umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari haftasiga 5 kunlik o‘qishga o‘tadi. Yangi o‘quv yilidan esa bosqichma-bosqich qolgan boshlang‘ich sinflar ham haftasiga 5 kunlik o‘qishga o‘tkaziladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.