Chusovitina barchani hayratlantirishda davom etadi. Bu safar u Dohada chempion!

0
51
marta ko‘rilgan.

Hamyurtimiz Oksana Chusovitina bu safar Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon kubogi bahslarida ishtirok etmoqda.

Tajribali sportchimiz 23-mart bo‘lib o‘tgan bahslarda ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi va oltin medal sohibiga aylandi. U o‘zining sevimli yo‘nalishi – tayanib sakrash bahslarida 14,433 ball jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Kumush medal KXDR vakili Pyon Ryo Yongga nasib qilgan bo‘lsa, bronza medaliga fransiyalik Kolin Devilard ega chiqdi.   

Ma’lumot uchun, Doxadagi jahon kubogida 39 mamlakatdan 160 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ularning 101 nafari erkaklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashayotgan bo‘lsa, 59 nafari ayollar o‘rtasidagi musobaqada o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chusovitina o‘tgan haftada Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan jahon kubogi bahslarida oltin va bronza medallari sohibiga aylangandi.

Manzil: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.