Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisi yakunlari to‘g‘risida

0
154
marta ko‘rilgan.

2018 yilning 24 fevral kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Q.Rasulzoda raisligida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyaning navbatdagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki davlat hukumatlari a’zolari, vazirliklar, idoralar va yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq, do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tgan samarali muzokaralar davomida delegatsiyalar rahbarlari tomonidan hamkorlikning barcha sohalaridagi O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining hozirgi darajasiga yuqori baho berildi.

Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi natijasida oliy va yuqori darajalardagi aloqalar sezilarli faollashdi, hukumat delegatsiyalari samarali almashinuvi yo‘lga qo‘yildi, hukumatlararo komissiyalar majlislari muvaffaqiyatli o‘tkazildi, Dushanbe va Toshkent shaharlarida sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalari samarali tashkillashtirildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasinining ayrim uchastkalar bo‘ylab o‘tadigan chizig‘i loyihasi ko‘rib chiqildi. Qisqa muddat ichida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar, bitimlar va shartnomalarni tayyorlash va kelishish kabi oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlariga ishtirokchilar e’tibor qaratdilar.

Muzokaralarda Hukumatlararo komissiyaning ikki tomonlama kun tartibidagi barcha mavjud masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda konstruktiv yondashuv alohida qayd etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.