Donald Trаmp: Kim meni “qari” deb haqorat qildi

0
131
marta ko‘rilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In uni “qari” deb atab “haqorat” qilganini aytgan. “Axir men Kimni “pakana va semiz” deb haqorat qilmaymanku, nega Kim meni “qari “deb haqorat qildi?  deb yozadi yakshanba kuni Vetnamda bo’lib o’tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitidan so’ng o’z twitterida D.Tramp. “Men uning do’sti bo’lish uchun juda ko’p harakat qilaman va ehtimol, kelajakda do’stiga aylanarman! ” deb qo’shimcha qiladi prezident.

 Eslatib o’tamiz, D.Tramp avvalroq Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlarini tanqid qilgan edi.

Shimoliy Koreya 3 sentyabr kuni oltinchi marta atom bombasi sinovini o’tkazdi va BMTning  yangi sanktsiyalariga duchor bo’ldi.

Shimoliy Koreya B.M.T sanktsiyalariga qaramay o’nlab ballistik raketa sinovlarini o’tkazdi. Shimoliy Korea  Qo’shma Shtatlar va uning ittifoqchilarining adovatiga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarish dasturidan hech qachon voz kechmasligini aytgandi.

Qo’shma Shtatlar esa masalaga diplomatik yechim topishni, lekin zarur bo’lsa, harbiy-jangovar harakatlarga ham tayyor ekanligini bildirgan.

Surat Reuters axborot agentligi saytidan olindi.

Reuters axborot agentligi materiallari asosida tayyorlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.