Do‘stlar klubi faoliyati rivoj topmoqda

0
97
marta ko‘rilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan 2017 yil 3 avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” deb nomlangan ma’ruzasida ilgari surilgan takliflar va g‘oyalar ijodiy tashkilotlar tarixida yangi davrni boshlab berdi. Xususan, Prezident tomonidan yirik korxonalar va ijodiy tashkilotlar o‘rtasida Do‘stlik klublari tashkil etish g‘oyasi ilgari surilgani, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga Respublika Tovar-xom ashyo birjasi homiy qilib biriktirilgani uyushma faoliyatini yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Axborot xizmati.

O‘tgan vaqt davomida uyushma va birjaning mas’ul vakillari  o‘rtasida  o‘zaro muloqotlar uyushtirilib,  jurnalistlar malakasini oshirish, soha xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovlar g‘oliblarini rag‘batlantirish, Uyushma va uning  “Hurriyat” gazetasi tahririyati va  Milliy matbuot markazining kompyuter texnikalari va axborot tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish, faxriy jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash  borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Ushbu vazifalarga va Uyushma ustavida ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarga Birja tomonidan 400 million so‘m ajratildi. Joriy yilning 25-27 oktyabr kunlari Respublika Tovar-xom ashyo birjasi homiyligida ehtiyojmand 15 nafar  OAV fahriylari holidan xabar olinib, ularning har  biriga 300 ming so‘mlik 15 xil oziq-ovqat  mahsulotlari  topshirildi. Bu an’ana bundan keyin ham davom ettiriladi.

Bundan tashqari,  Respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan O‘zbekiston Junalistlari ijodiy uyushmasining “Do‘stlik klubi”ning “Do‘st bilan obod uying” veb-sayti  ishlab chiqildi, ayni paytda saytni yo‘lga  qo‘yish, materiallar bilan boyitish ustida ish olib borilmoqda.

Do‘stlar klubi ishchi guruhining yig‘ilishida shular haqida so‘z yuritilib, o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan  navbatdagi ishlar haqida  fikrlashib olindi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov olib bordi.

Yig‘ilish kun tartibidan  uyushmaning hududiy bo‘limlariga moddiy-texnik ko‘mak berish,  bemor, ehtiyojmand jurnalistlarga yordam ko‘rsatish  va boshqa  masalalar o‘rin oldi.  Ta’kidlanganidek, “Do‘stlik klubi” maqsadli reja asosida Uyushmaning viloyat bo‘limlari bilan ham ish olib boradi va ularga ham homiylik yordamlari ko‘rsatiladi. “Do‘stlik klubi” tashkil etilishi uyushmaning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalistlarning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Unga binoan Ijodiy kengashlar ishida faol qatnashgan jurnalistlar, tegishli mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.  Taniqli hamkasblarimizning ijodiy kechalari o‘tkaziladi. Yosh iqtidorli jurnalistlarning birinchi kitoblari bepul chop etiladi.  Mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan tub islohotlar mazmun-mohiyati chuqur ochib berilgan, zamonamiz qahramonlari obrazlari aks ettirilgan publitsistik maqolalar to‘plamlari nashr etiladi. Jurnalistlarimizning chet ellarga ijodiy safarlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar  yuzasidan tegishli qarorlar  qabul qilindi.

Suratlar muallifi: Sholaziz ShOXIDOYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.