duo olgan omondir

0
244
marta ko‘rilgan.

Xalqimizda “duo olgan omondir…” degan hikmat mavjud. Elimiz odamlari har ishda yoshlarga ezgu – tilaklar bildiradilar. Aziz mushtariylarimizga oliy toifali shifokor Xolida Ochilovaning insonlar, ayniqsa yoshlar kamolini tilab aytgan duolarini yangi yil sovg‘asi sifatida taqdim etamiz.

Omin degan omon bo‘lsin,

Mustaqillik zamon tursin.

O‘g‘il-qizlar o‘sib, unsin,

Xizir buvam nazar qilsin.

 

Tuprog‘imiz oltin bo‘lsin,

Rizqimiz butin bo‘lsin.

Ro‘zg‘orimiz to‘kin bo‘lsin,

Mustahkam qo‘rg‘on bo‘lsin.

 

Qo‘rangizda toy, qo‘y bo‘lsin,

Ko‘rganingiz to‘y-to‘y bo‘lsin.

Farzandingiz omon bo‘lsin,

Joningizga darmon bo‘lsin.

 

Dasturxonda osh-non bo‘lsin,

Yurtda doim hur tong bo‘lsin.

Qadamamizdan gullar unsin

Hovlimizda to‘ylar bo‘lsin!

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.