Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha final janglari yakuniga yetdi. Final bahslarda ishtirok etgan ikki sportchimiz Ixtiyor Navro‘zov (-70kg) va Magomed Ibragimovlar (-97kg) hal qiluvchi jangda raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Mahmudjon Shavkatov (-57kg) va Rashid Qurbonovlar (-79kg) esa finalda imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandilar.
Bronza medali uchun jang qilgan Temurjon Usmonohunov (65kg vazn toifasida) esa raqibini mag‘lub etib, bronza medali sohibiga aylandi.