EZGU TILAK: YURTLARIMIZ TINCh BO‘LSIN!

0
194
marta ko‘rilgan.

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbek davlat sirkida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram dasturida sirk artistlari, tosh ko‘tarish sporti bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionlari, “Jar” sport sog‘lomlashtirish kompleksi yosh sporchilari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Temurbeklar harbiy maktabi o‘quvchilari, 23-mehribonlik uyining harbiy vatanparvarlar guruhi, xoreograf Yuliya Pak boshchiligidagi “Funny kids” bolalar raqs jamoasi hamda “Bliss” raqs guruhi qatnashishdi.

Sirk artistlari o‘z san’atlarini mohirona namoyish etishdi. Sportchilar, harbiy o‘quvchilar o‘z tomoshalari bilan barchani xushnud etishdi. Shuningdek, orkestr jo‘rligida kuylashib, sportning go‘zal mashqlarini ham ijro etishdi.

Bayram dasturidan keyin tomoshabinlar bilan suhbatlashdik.

— Bugungi sirk bayram dasturiga biz singillarim bilan Qirg‘izistonning Jalolobodidan tashrif buyurdik, — deydi Ra’noxon Tadjixodjayeva. — Bizga har bir chiqishlar juda yoqdi. Ayniqsa 23-mehribonlik uyidan kelib qatnashgan harbiy vatanparvarlar guruhining chiqishlari e’tiborimizni tortdi. Bu albatta, davlat har bir  bolaga is’tedodini yuksaltirish uchun qulay sharoit yaratganligidan dalolatdir. Kichkintoylarning katta sahnada, bayram tadbirlarida o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish eta olishlari yuksak g‘amxo‘rlik namunasidir. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyayevga ming rahmat. Chegara yo‘llari ochilgani juda yaxshi bo‘ldi. Mana endi biz O‘zbekistonda yashaydigan jigarlarimizni ko‘rgani bemalol kelayapmiz.  Ushbu bayramni uyushtirgan sirk jamoasiga ham tashakkur. Juda chiroyli tadbir bo‘ldi. O‘zbekiston yurtining barcha erkaklarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman! Ilohim ezgu tilagim yurtlarimiz tinch bo‘lsin!

Latofat SA’DULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.