Fransiya FF prezidenti mahkamasi boshlig‘i va Texnik direktori o‘rinbosari “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari bilan tanishdi

0
147
marta ko‘rilgan.

  Fransiya futbol federatsiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o‘rinbosari Lyudovik Debryu 14 mart kuni yurtimizga tashrif buyurishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida fransiyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov qabul qilishdi va fikr almashishdi.

Bugun Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu poytaxt klublari bilan yaqindan tanishishdi. Ularga FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy hamrohlik qildi.

Avval, “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Mehmonlar stadion yuqori saviyada va juda chiroyli barpo etilganiga alohida urg‘u berishdi. Shundan so‘ng Jan Mari va Lyudovik Debryu “Bunyodkor” klubi akademiyasida bo‘lishdi. Akademiya tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yotoqxona, ovqatlanish xonasi, basseyn, dam olish xonasi, mashg‘ulotlar maydonchalarini ko‘zdan kechirishdi. Ular bu yerdagi shart-sharoitlarni yuqori baholashdi.

Shundan so‘ng Fransiya futbol federatsiyasi mutassaddilari “Paxtakor” klubiga tashrif buyurishdi. “Paxtakor” klubi stadionini ko‘zdan kechirish chog‘ida mehmonlarga klubning boy tarixi haqida ma’lumot berildi. Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu “Paxtakor” stadioniga ham yuqori baho berishdi.

Keyin esa fransuz mutassaddilari “Lokomotiv” klubiga tashrif buyurib, bu klub stadionini ko‘zdan kechirishdi. Klubda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.