Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish maqsadga muvofiq

0
167
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida Nodavlat notijorat tashkilotlari  faoliyatiga tanqidiy yondoshib, ular o‘z faoliyatida burilish yasaydi, deb ishonch bildirdi. Ushbu ijtimoiy tuzilmalar bilan amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish maqsadga muvofiq, deb ta’kidladi. 

“Bu yo‘nalishdagi yana bir dolzarb muammoga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bugungi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagan. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini xolisona baholashga xalaqit bermoqda. Shundan kelib chiqib, davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarur.

Shu munosabat bilan barcha davlat organlari qoshida faoliyat olib boradigan jamoatchilik kengashlari tashkil etishni taklif qilaman. Mazkur jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlaydigan, ularni aholi bilan bevosita bog‘laydigan ko‘prik vazifasini bajarishi lozim”, deya ko‘rsatma  berdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.