Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tantanali ravishda kutib olindi

0
68
marta ko‘rilgan.

Xabaringiz bor, Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Iroq terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.
Kecha futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Futzalchilarimizni Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro aeroporti”da O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi mutassaddilari, muxlislar, futzalchilarning yaqinlari va OAV vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Futzalchilarga Osiyo chempionatidaga yorqin o‘yin va bronza medallari uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusi musobaqalarda bundan ham katta natijalarga erishishlariga tilak bildirildi.

Shuningdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Osiyo chempionati davomida ularni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilishga va’da berishdi.  

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.