Futzal. O‘zbekiston Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

0
52
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Xitoy Taypeyida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bugun uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan o‘yinda Iroq terma jamoasiga qarshi bahs o‘tkazdilar.
 
Dramatik kechgan o‘yinning asosiy daqiqasida 4:4 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, qit’a birinchiligining bronza medallari egasiga aylandilar.
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.