GAZ KONDENSATINING SANOAT MIQYOSIDAGI YANGI ZAHIRALARI OChILDI

0
161
marta ko‘rilgan.

Yangi 2018 yil nafaqat O‘zbekiston neftgaz tarmog‘i, balki butun mamlakat ahli uchun ham muhim va quvonchli  voqyea bilan boshlandi. Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt cho‘llari hududida joylashgan Quyi Surg‘il maydonida gaz kondensatining yangi yirik zaxiralarini ochishga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2755-sonli “O‘zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologik qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida«gi qarori ushbu konni razvedka qilishga yangi turtki berdi. Shunga muvofiq «O‘zbekgeofizika» Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Ustyurt platosida uglevodorodlarni qidirish ishlarini kengaytirdi.

Ustyurt zaminining sharoitlari juda murakkab. Qishda sovuq shamol, yozda esa quyosh nurlari ostida jazirama issiq kuzatiladi, boz ustiga suv yo‘qligi bu hududni yashash uchun yaroqsiz qiladi. Biroq ushbu unumsiz yerlarga kelgan tadqiqotchi-geologlar bu zaminda uglevodorodlar konlari, haqiqiy “zangori oltin”dan iborat tabiiy boyliklarni kashf etishga muvaffaq bo‘ldilar.

Mintaqadagi og‘ir sharoitlar va havo harorati tez-tez o‘zgarib turishiga qaramasdan, mutaxassislar 1-sonli burg‘ilash minorasini o‘rnatdilar va birinchi quduqni ochishga kirishdilar. Yurtimiz tadqiqotchi-geologlarining taxminlari tasdiqlandi — quduqdan ilk tabiiy gaz chiqa boshladi.

O‘tkazilgan kon-geofizika ishlari tufayli 2018 yil yanvar oyi boshlarida 3 600 metr chuqurlikda gaz va kondensatning sanoat hamjamlaridagi zaxiralarini topishga erishildi.

Surg‘il koni mamlakat neftgaz sanoatini rivojlantirish dasturida yaqin istiqbol uchun muhim vazifalardan biriga aylandi. Uni ochish va foydalanishga topshirish qimmatbaho resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash, tarmoq infratuzilmasini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Yaqin vaqtlarda mutaxassislar tomonidan uglevodorodlar zaxiralari o‘sishini baholash ishlari bajariladi va Quyi Surg‘il konida geologik qidiruv ishlarning yangi yo‘nalishlari yuzasidan samarali takliflar tayyorlanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot markazi

 Timur Kaysarov fotosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.