Navro‘z umumxalq bayrami arafsida Sirdaryo viloyatining Guliston tumani markazi – Dehqonobod shaharchasida yangidan barpo etilgan zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi, deya xabar beriladi uza.uz saytida
Loyiha qiymati 3 milliard 800 million so‘mlik sport majmuasi “Guliston madad qurilish” xususiy qurilish korxonasi bunyodkorlari tomonidan barpo etildi.
Zamonaviy – 18×42 hajmdagi sport zali hamda bir ming tomoshabinga mo‘ljallangan sport maydoniga ega majmuada tibbiyot, murabbiylar, hakamlar, sport jihozlari uchun maxsus alohida xonalar mavjud.
Bolalar-o‘smirlar sport maktabida ayni chog‘da sportning 12 turi bo‘yicha 28 nafar murabbiy qo‘lostida salkam ming nafarga yaqin bolalar va o‘smirlar tarbiyalanmoqda. Ularning 370 nafarini qizlar tashkil etadi.
— Shu paytgacha o‘z sport ba’zamizga ega emas edik. Mana endi eng zamonaviy sport majmuasi barpo etildi, – deydi Guliston tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori Alisher To‘raqulov.