Hamkorlik: O‘zbekiston va AQSh

0
153
marta ko‘rilgan.

 “Istiqbolli avlod” nodavlat tashkiloti amalga oshirgan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining( USAID)  “Odam savdosidan jabr ko‘rganlarni reintegratsiya qilish” loyihasi yakunlanishiga bag‘ishlangan “Odam savdosiga qarshi kurashish – reintegratsiya va samarali amaliyot” nomli ikki kunlik anjumanda hukumat, nodavlat, xususiy va xalqaro tashkilotlardan 45 nafar vakil ishtirok etdi va unda elchi Pamela Spratlen so‘zga chiqdi, deya xabar bermoqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati.

 “Xotin-qizlar ko‘pincha jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilinadi. Ular jismoniy va psixologik travma olgach, yana normal holatga qaytishi uchun ko‘p muddatga cho‘ziladigan tez va har tomonlama yordamga ehtiyoj sezadi. Tegishli ravishda g‘amxo‘rlik qilinmasa, ular qaytadan odam savdosi qurboniga aylanishi ehtimoli katta”,  deya ta’kidladi elchi Spratlen xonim.

“Istiqbolli avlod” jamoasi odam savdosidan omon qolgan va uning qurboniga aylanishi mumkin bo‘lgan qariyb 400 nafar xotin-qizga psixologik, tibbiy va yuridik yordam ko‘rsatdi, ularga hunar o‘rgatdi. 2015 yili “Istiqbolli avlod” xotin-qizlarga pazandalik, kompyuter savodxonligi, bichish-tikish, kosmetologiya sirlarini o‘rgatuvchi o‘quv markazi tashkil etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.