“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida havo kemasida taqdim etiladigan yangi taomlarning birinchi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimidan oldin Toshkentning yetakchi restoranlari: Caravan Group restoranlar tarmoqi, «Navroz», «Moviy gumbazlar», «Tryufel», «Aprel», «Sal Sal» va boshqa restoranlar vakillari sahn ovqatlari tayyorlaydigan “Ketring” Davlat unitar korxonasiga tashrif buyurishdi.
Restoratorlar oldindan sahn taomlariga qo‘yiladigan sanitariya –gigienik me’yorlar va talablar, taom tayyorlashning o‘ziga xos texnologik jarayoni, taomlarni saqlash, isitish va taqdim etishning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirildi.
Caravan Group restoranlar tarmog‘i birinchi bo‘lib aviayo‘lovchilar uchun sahn taomlari turlarini takomillashtirish g‘oyasini va taomlar namunalarini taqdim etdi. Aviakompaniya mutaxassislari diqqatiga biznes klass uchun uchta variantdagi va iqtisodiy klass uchun ikki variantdagi taomlar menyusi taklif etildi. Caravan Group texnologlari tomonidan 50 xilga yaqin mahsulot turi taklif qilindi.
Xabar uzairways.com saytidan olindi.