SARATON PROFILAKTIKASIDA SAMARALI SABOQLAR

0
216
marta ko‘rilgan.

Kasallikni kelib chiqish sababi  ekzogen (tashqi) omillar ya’ni, kimyoviy, fizik, biologik  va endogen (ichki omillar), ya’ni, organizmda kanserogen  (rak keltirib chiqaruvchi) moddalarni sintezlanishi, gormonal muvozanatning buzilishiga bog‘liq.

Olimlarni ta’kidlashicha, yana boshqa omillar ham borki, bularga noto‘g‘ri ovqatlanish, buning  natijasida  35 foiz, tamaki chekish natijasida  30 foiz, atrof – muhitning ifloslanishi 3 foiz, viruslarning organizmga tushishidan 10 foiz, nasldan-naslga o‘tish borasida 5-10 foiz, quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarning salbiy ta’siri  natijasida 5 foiz, ionli nurlanish  natijasida 3 foiz, va alkogolli ichimliklar iste’mol qilish natijasida 2 foiz, onkologik kasalliklar kelib chiqishi isbotlangan.

 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha “Harakatlar strategiyasida” belgilab berilganidek, Prezidentimizning 2017 yil aprel oyidagi (“O‘zbekiston Respublikasida onkologik xizmatni yanada yaxshilash va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”)gi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  buyruqlariga binoan Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy markazi –Respublika   ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, viloyatlar onkologiya dispanserlari esa  markaz filiallariga aylantirildi. Ushbu filiallarga markazning yetakchi ilmiy xodimlari  rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. Respublika  ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filialiga  tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor  Po‘latov  direktor qilib yuborildi. Mana 5 oydirki  filialimizda  onkologik xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish  tubdan o‘zgardi. Xasta kishilarning davo muolajalaridan so‘ng tuzalib ketishlari uchun barcha tibbiyot xodimlari yanada jonbozlik bilan mehnat qilmoqdalar. Ularni tibbiy tekshirish va davolash ishlari, shifoxonaga yotqizish, operatsiya qilish, o‘z vaqtida maxsus davo (kimyoterapiya) muolajalarini olishlarlari, yaxshi sharoitlarda amalga oshirilmokda. Ushbu markaz mutaxassislari tumanlarga chiqib onkolog vrachlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularga zarur tavsiyalar berishmoqda.

 Onkologiya sohasida dolzarb muammo – bu keng kamrovli profilaktik ishlar va kasallikni erta bosqichlarda aniqlashdir. Buning uchun joylarda shifokorlarni onkologik  hushyorligini  oshirish, tibbiyot xodimlari aholi o‘rtasida o‘z vaqtida  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilishi, skrining tekshiruvlarini barcha kasalliklar bo‘yicha  olib borish va ayniqsa, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirishi  lozim.

Filialimizda  sut bezi saratoni kasalligining  oldini olish   maqsadida  ayollarga muhim malumotlar va saraton kasalligining 21 ta asosiy belgisi, uning profilaktikasi  haqida eslatma varaqalari chiqarildi va shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga, QVP larga tarqatildi. Mutaxassislarimiz saraton kasalligini tekshirish, uni davolash va oldini olish borasida, dori-darmonlar, yangi tibbiy asbob-uskunalar  to‘g‘risida videoroliklarni   fuqarolarga taqdim etmoqda. 

Hozirgi kunda filialimizda 7-ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatib, laborator tekshiruvlar asosida, tibbiy uskunalar (kompyuter tomografiyasi, rentgen, mammografiya, ultratovush tekshiruvlari)ga asoslanib bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yilib, aholiga ixtisoslashtirilgan   onkologik  xizmat  ko‘rsatib kelinmokda. Xastalarga zamonaviy  davo muolajalari o‘tkazilmoqda.

Matniyaz MATNIYAZOV,

tibbiyot fanlari nomzodi,

oliy toifali shifokor,

Xorazm viloyati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.