“Yoshlar marafoni” munosabati bilan poytaxtimizning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi

0
127
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda yengil atletika federatsiyasi hamkorligida qabul qilingan “21 mart “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Yoshlar marafoni”ni  tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20 mart kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar “Yoshlar marafonio‘tkaziladi.  

Shu munosabat bilan 20 mart kuni soat 9:00 dan 12:00 ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha  bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.

 Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.