Olimjon To‘ychiev: Startaplarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

0
48
marta ko‘rilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiev iqtidorli olim bo‘lish bilan birga  davlatning mas’uliyatli lavozimida ishlayotgan eng yosh rahbar hamdir.

Ma’lumot uchun: Olimjon To‘ychiev  ovoz bilan masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, o‘zbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratgani, fan va texnika sohasini, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamda ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun 22 yoshida (2013 y.) «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

2017 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019 yil noyabr oyidan beri Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari. 

Vazirlik startap tashabbuslarga e’tibor qaratyapti. Bu haqida Qonun ham tayyorlandi. Lekin startapning o‘zi nimaligini ko‘plar ham bilavermaydi. Sizningcha, startap loyiha deganda nimani tushunish kerak?

— Juda ham to‘g‘ri fikrni bildirdingiz. Aksariyat hollarda startap bo‘yicha to‘g‘ri tushuncha shakllanmaganligi sababli unga yetarli e’tibor va ko‘mak berilmayapti. Avvalo startap o‘zi nima ekanligiga oydinlik kiritib olsak.

Startap — yangi, innovatsion yoki mavjud g‘oyalar asosida o‘z biznesini qurayotgan rivojlanish bosqichidagi, mavjud g‘oyalarni takomillashtirish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi jamoa.

Albatta, yakka tartibda ham loyiha qilsa bo‘ladi. Lekin baribir uni hayotga tatbiq etish jamoaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunga xalqaro va mahalliy miqyosda ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Shuningdek, startap haqida gap ketganida masalaning yana bir muhim jihati, ya’ni uning qonuniy asosi haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Yaqinda takliflar va xalqaro tajribaga asoslangan holda «Startaplarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ommaviy muhokamalardan o‘tdi, endi qonunchilik palatasiga kiritish jarayonidamiz. O‘ylaymanki, ushbu qonun qabul qilinishi bilan nafaqat yoshlar, balki boshqalar ham startaplar nima ekanligini, qanday imkoniyat eshiklarini ochishi mumkinligini tushunib olishadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.