Ilyas Bekbulatov “Pro League-2021” turniri g‘olibi

0
43
marta ko‘rilgan.

Rossiya Federatsiyasining Vladikavkaz shahrida erkin kurash bo‘yicha “Pro League-2021”  musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilyas Bekbulatov -70 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqani chorak 23 yoshgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida yevropa chempioni Imam Ganishevga qarshi boshlagan hamyurtimiz 10:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Yarim finalda esa yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Anzor Zakuyev bilan to‘qnash keldi. Vakilimizning ustunligida kechgan bahs Bekbulatovning 9:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Kutilganidek, finalda ushbu vazn toifasida amaldagi jahon chempioni David Bayev ro‘baro‘ keldi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu musobaqa Artur Taymazov rahbarligidagi “Taymazov team” kompaniyasining titul homiyligida o‘tdi va unda har bir vaznning eng kuchli 8 nafar kurashchilari gilamga chiqdi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.