Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistondagi “India Open” xalqaro turnirida ishtirok etdi.
Vakillarimiz musobaqada 5ta oltin, 2ta kumush medalini qo‘lga kiritdilar. 3 fevral kuni musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi. “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti”da bokschilarimiz tantanali kutib olindi.