Shavkat Mirziyoyev «Ashxobod saylgohi»ni borib ko‘rdi

0
76
marta ko‘rilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19-20 may kunlari Turkmanistonga tashrifi chog‘ida Toshkentda Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochilgani, Ashxobod bog‘ini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganini qayd etgan edi.

Davlatimiz rahbari 28 oktyabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida qurib bitkazilgan «Ashxobod saylgohi»ni borib ko‘rdi. 

Shavkat Mirziyoyev hududlarga tashrifi chog‘ida shahar va qishloqlarimizda yashil hududlar maydonini kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, inson salomatligi hamda atrof-muhit uchun foydali bo‘lgan daraxt va butalar turini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Bunday bog‘lar bugun yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy me’morchilik talablari asosida bunyod etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda. 

Umumiy maydoni 10 gektardan ortiq bo‘lgan ushbu saylgohga kiraverishda katta favvora qurilgan. Bog‘dagi xushmanzara daraxtlar, zamonaviy o‘rindiqlar va boshqa qulayliklar kishi kayfiyatini chog‘ qilib, atrof-muhitga so‘limlik baxsh etadi. 

Prezidentimiz saylgoh atrofi, unga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.