JALOLIDDIN MANGUBERDI POYIDA

0
800
marta ko‘rilgan.

Urganch shahrida  14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan «Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!» shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi. Jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdining muhtasham haykali qad kerib turgan maydon shu kuni har qachongidan ham gavjum bo‘ldi.

Yig‘ilganlarni Xorazm viloyat hokimi Ilgizar Sobirov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Ortiqov qutladi.

Harbiy texnikalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari qizg‘in qarshi olindi. Sozanda-yu xonandalar, raqqosalar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Urganchning markaziy ko‘chalari bo‘ylab saf qo‘shiqlari jarangladi.

Festival davomida maydondagi kuy-qo‘shiqlarga ham e’tibor qilmasdan jangovar texnikalarni hayrat bilan tomosha qilayotgan bolalar ham ko‘pchilik edi. Charaqlagan ko‘zlarida askar akalariga nisbatan havas va hurmat aks etib turgan bolakay o‘zini Sardor deb tanishtirdi:

– Men ham katta bo‘lganimda askar bo‘laman. Eng katta mashinani boshqaraman…

Ha, orzular shunday tug‘iladi, sharafli kasbga muhabbat shunday paydo bo‘ladi. Orzular, muhabbat ona Vatanga sadoqat tuyg‘usini sayqallaydi. Shu kuni Vatan himoyachilari ko‘pdan-ko‘p qalblarni yorug‘ orzularga oshno qilgani shubhasizdir.

Festival barcha-barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi, cheksiz zavq-shavq ulashdi.

Nazokat NODIRShOHOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.