Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va ta’sirchan omil

0
159
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida ommaviy axborot vositalarining faoliyatini yuksaltirish, axborot va tahliliy Internet saytlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi:

Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va ta’sirchan omil hisoblanadi. Bu borada chinakam professional zamonaviy jurnalistikani shakllantirish, xususan, nodavlat ommaviy axborot vositalarini, axborot va tahliliy Internet saytlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratish, buning uchun alohida davlat fondini tuzish maqsadga muvofiq. 

Bugungi kunda yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular mulk shakli, yo‘nalishi, axborot uzatish vositalariga ko‘ra turlichadir. O‘z-o‘zidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar kerak. 

Afsuski, bunday keng ko‘lamli vazifani talab darajasida hal etadigan tayanch oliy o‘quv yurti mamlakatimizda mavjud emas. Shu munosabat bilan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish zarur, deb hisoblayman.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.