Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari tasdiqlandi

0
315
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 3454-sonli qarori qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qaroriga asosan mamlakatmizning kelgusi yildagi davlat byudjeti parametrlari belgilanib, daromadlari va xarajatlari miqdori, soliqlarning stavkalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, yurtimizda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasining ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha) 2017 yildagi miqdorda o‘zgarishsiz saqlab qolinib, uchinchi shkalasi (eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha) — 16,5 foiz, to‘rtinchi shkalasi (eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqorisi) 22,5 foiz miqdorida, ya’ni o‘tgan yilgiga nisbatan 0,5 foizli punktga pasaytirilgan.

Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha ya’ni, 172.240 so‘mgacha bo‘lgan daromadlar esa soliqqa tortilmaydi.

E’tiborli tomoni — endi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018 yil 1 yanvar holatiga 172.240 so‘m)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham o‘zgarmaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.