2-4 mart kunlari Avstriyaning Zalsburg shahrida karate bo‘yicha A seriya toifasidagi musobaqa o‘tkazildi.
E’tiborli tomoni, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham, sovrindorlar qatoridan o‘rin egallashdi.
Kumite bahslarida -60 kg vazn toifasida Sadriddin Saymatov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.
-67 kg vazn toifasidagi bahslarda Iqboljon Uzoqov ham finalgacha yetib bordi. Afsuski, hal qiluvchi jangda u yaponiyalik raqibga yutqazib qo‘ydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi.
Qizlar o‘rtasida -50kg vazn toifasidagi turnirda ishtirok etgan Bahriniso Babayeva bronza medali bilan yurtimizga qaytdi.
Bosh sahifa O‘zbekiston Karatechilarimiz Avstriyadagi nufuzli turnirda oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdilar