Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda

0
36
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.  

Keng ko‘lamli muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo darajadagi hujjatlar, ko‘plab tijoriy shartnomalarni imzolash mo‘ljallanmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.