Kichkintoy Eshmetov Mirjalolning dastlabki g‘alabasi

0
92
marta ko‘rilgan.

Xorazmda sportning muaу- tay turi bo‘yicha   O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir istedodli bolajonlar safini yanada kengaytirdi. Ularga sog‘lom turmush tarziga rioya qilib yashash zavqini his qildirdi.

Urganch shahridagi 1-son maktab o‘quvchisi Eshmetov Mirjalol sportning ushbu  turi bo‘yicha 2007-2013 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvda g‘olib bo‘ldi.

Sakkiz yoshli bolakay  mamlakat miqyosidagi bellashuvlarda qatnashganidan, dastlabki yutuqidan behad xursand. Ayniqsa, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov imzosi bilan olingan 1-darajali diplom, g‘oliblik pasporti hamda medal uning quvonchiga quvonch qo‘shdi. 

Ushbu tadbir pandemiya davrida ko‘plab oilalarga nur olib kirdi, desak arziydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.