Kollejda Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan   tanlov

0
259
marta ko‘rilgan.

Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji  talabalari o‘rtasida “Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan insho va rasmlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi  Prezidenti hayoti va faoliyati bo‘yicha insho yozish va mustaqillik beshigini tebratgan insonning siyrati aks ettirilgan rasmlar tanlovida kollejning mingdan ortiq talabasi o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok qilishdi.

Bellashuvning o‘ziga xos tomoni shu-ki, unda jyuri a’zolari tomonidan yuqori baholangan ijodiy ishlarning mualliflaridan oltmish nafari Buxoroga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular safida mazkur tadbirni tashkil etgan kollej yoshlar ittifoqi yetakchilari ham bor.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sayohat xarajatlarini o‘z zimmasiga oldi.

J. Sa’dullaev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.