Kompyuter va axborot texnologiyalari zamon talabi

0
236
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida barcha sohalar kabi kutubxonachilik sohasida ham hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu munosabat bilan, 2017 yil 18 dekabr kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markaziga  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017 yil 29 noyabrdagi 20/4807-sonli xatiga asosan Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonachisi tomonidan beg‘araz 12 ta kompyuter taqdim etildi.


“Kompyuter va axborot texnologiyalari zamon talabi” deb nomlangan taqdimotda Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistondagi elchixonasining axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi Stiven Anderson, Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A.Otaqo‘ziyev, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahri hududiy boshqarmasi  bosh mutaxassisi N.Tursunovlar ishtirok etdilar. 


Mehmonlarni xushnud qilish va minnatdorchilik yuzasidan «Bilim» axborot-kutubxona markazi kitobxonlaridan 182-maktab o‘quvchilari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at litseyi o‘quvchilari tomonidan  ingliz tilida musiqiy chiqishlar, ashula va raqslar, she’r va monologlar, jajji bolajonlar tomonidan  teatrlashtirilgan ertaklar sahnalari taqdim etildi.


Shuningdek, taqdimotni milliy va ingliz tilidagi sho‘x taronalari bilan Uchtepa tumani 9-sonli madaniyat va aholi dam olish markazi ishtirokchilarining chiqishlari yanada ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Elchixona vakili Stiven Anderson kitobxon bolalarning ingliz tilida ravon va sof so‘zlashishidan juda xursand bo‘ldi. Anderson: “Menga tayyorlangan taqdimot dasturi judayam yoqdi, ayniqsa ingliz tilida shunday ravon so‘zlashadigan, bilimli va aqlli kitobxonlaringiz borligidan, juda ham xursand bo‘ldim. Bunday aqlli yoshlari bor yurtning albatta, kelajagi buyuk bo‘ladi”,  deb ta’kidladi. Tadbir juda ham ko‘tarinki va bayromona ruhda o‘tdi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan, o‘zlarining ingliz tilidagi she’rlari, qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlari bilan hammani ko‘nglini zavqqa to‘ldirgan o‘quvchilar tadbir tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan eng buyuk sovg‘a ya’ni yosh ijodkorlarning she’riy kitoblari bilan taqdirlandilar hamda axborot-kutubxona xodimlari, keng kitobxonlar ommasining mehmonlar bilan birga suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.