«Lokomotiv» – O‘zbekiston kubogi sohibi

0
68
marta ko‘rilgan.

Bugun, 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi uchun final bellashuvi o‘tkazildi, deya xabar beriladi kun.uz saytida.

Unda avvalroq mavsum chempionligini qo‘lga kiritib bo‘lgan «temiryo‘lchilar» kubok finalida ham g‘alaba qozondi. O‘yin taqdirini Marat Bikmayev 7-daqiqada urgan gol hal qildi.

Bu natija, Toshkentning uchinchi jamoasi «Paxtakor»ga qo‘l keldi. 

«Lokomotiv» bunga qadar O‘zbekiston chempionatining 2017 yilgi mavsumi chempioni sifatida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun berilgan 1 dona kvotani yutib olgandi. Qarshining «Nasaf» klubi esa 2-o‘rin egasi sifatida OChL saralashida o‘ynaydi. Uchinchi yo‘llanmani Kubok sohibi qo‘lga kiritishi kerak edi. Agar finalda zafar quchganida uchinchi yo‘llanma «Bunyodkor»niki bo‘lardi. Ammo «Lokomotiv» g‘alaba qozongani uchun endi bu kvota chempionatda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan «Paxtakor» jamoasiga nasib etadigan bo‘ldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.