“AYOL BORKI-OLAM MUNAVVAR” ShIORI OSTIDA POYTAXTIMIZ TUMANLARIDA TURLI MADANIY-MA’RIFIY BAYRAM TADBIRLARI TAShKIL QILINMOQDA

0
241
marta ko‘rilgan.

8 mart xotin-qizlar kuni – go‘zallik, nafislik va latofatlik bayramidir. Odamlar ushbu bayramni sevgi, mehribonlik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlaydilar. Bahor va Ayol tushunchalari qanchalik bir-birini bog‘lab turishiga yana amin bo‘lmoqdamiz va buni chuqur anglamoqdamiz.

Tabiat ayollar bayrami bahorning birinchi kunlariga kelib tushishi huddi ayollar go‘zalligini nafis gullar bilan taqqoslaganligi ham bekor emas. Ushbu bayramda erkaklar o‘z onalariga, turmush o‘rtoqlariga va qizlariga gullar va eng samimiy tilaklar bilan sovg‘alarni beradilar. Bizlar uchun naqadar Aziz bo‘lgan ayollar shu kunlarda yanada e’zozlanadi, ko‘klarga ko‘tariladi. Darxaqiqat, bizlar uchun muqaddas bo‘lgan onalarimizni, aziz opa-singillarimizni xar qancha e’zozlasak arziydi.

Toshkent shahrida 8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki-olam munavvar” shiori ostida poytaxtimiz tumanlarida turli madaniy-ma’rifiy bayram tadbirlari tashkil qilinmoqda. Ana shunday tadbirlar poytaxtimizning Bektemir, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazildi. Unda yetti yuzga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron ayollar, noto‘liq oila a’zolari, ko‘p bolali onalar, shuningdek, mehnat faxriyalari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin qizlarimizga esdalik sovg‘alari ulashdilar va san’atkorlar tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.  

Har yili 8 mart kuni ayollarga,  onaalarga, opa-singillarimizga   turli tuman sovg‘alar olinadi. Bu kun ayollar o‘zlariga oro berishadi, sovg‘alar olishadi, qisqasi, bayramni haqiqiy bayramdek o‘tkazishadi. Yilda bir marotaba go‘zal opa-singillarimiz uy ishlaridan  biroz chekinishadi, aynan shu kuni erkaklar ro‘zg‘orning yengildek ko‘ringan va oxiri yo‘q yumushlarini his qilishadi… Yana bir bor bayramingiz bilan deymiz – aziz ayollar!

Toshkent shahar hokimligi
Axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.