Mamlakatimiz Prezidenti Opera va baxshichilik maktabini borib ko‘rdi

0
36
marta ko‘rilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 oktyabr kuni  o‘tgan oyda  ishga tushirilgan Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi.

Ma’lumki, qoraqalpoq elining o‘ziga xos baxshichilik yo‘nalishi bor. Mustaqillik yillarida bu yerda opera ham rivojlandi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq baxshilari, xizmat ko‘rsatgan artistlar yetishib chiqdi.

Opera va baxshichilik maktab-internati ushbu an’anani davom ettirish, yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ta’lim maskani o‘tgan oyda ishga tushirildi. Muassasa 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unga 9 sinfni bitirgan iqtidorli o‘quvchi yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Hozirda 30 nafar o‘g‘il-qiz o‘qishni boshladi. Ularga taniqli san’at ustalari va pedagoglar saboq bermoqda.

– Bunday maktablarni tashkil etishimizdan asosiy maqsad – tariximizni, madaniyatimizni chuqur o‘rganish, o‘zligimizni anglash. Baxshichilik – qoraqalpoq elining ulug‘ an’anasi, uni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.