Mamlakatlar Prezidentlari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llashdi

0
167
marta ko‘rilgan.

O‘tib borayotgan yildagi bizning uchrashuvimizdan so‘ng o‘zaro munosabatlarimizning mustahkamlanishi ramziy ma’noga ega. O‘zaro ishonchga asoslangan xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik Yangi yilda yanada mustahkamlanishini tilayman. Sizga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat tilab, Siz bilan yana uchrashishimizga umid qilib qolaman. 

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Sizni kirib kelayotgan 2018 yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman. Sizga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-quvvat, kelgusidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yil Siz va sizning birodar mamlakatingiz xalqi uchun tinchlik, baxt-saodat, farovonlik yili bo‘lsin!

2017 yil davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangi sahifa ochildi va davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklikning yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.   

Yangi 2018 yil kirib kelishi munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz. Aminmanki, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik yangi yo‘nalishlar bilan boyib, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi.  

Sizni Qozog‘iston xalqi va o‘z nomimdan Yangi 2018 yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman! Sizga sihat-salomatlik va davlat xizmatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyat, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.   

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu…

Milodiy Yangi 2018 yil kirib kelishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o‘zimning eng qizg‘in tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman.

Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, birodar xalqingizga farovonlik va taraqqiyot tilab qolaman.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.