Milliy maqom san’ati rivojlanadi

0
120
marta ko‘rilgan.

Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi «O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori xalqimiz madaniyatini asrash va rivojlantirishga muhim zamin bo‘ladi. Qarorga muvofiq, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivali o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasi oldida mazkur anjuman uchun sahna va maydon, Maqom markazi va muzeyini barpo etish loyihalari bilan tanishdi.  

Shavkat Mirziyoyev maqom festivalini sayil tarzida, madaniyat bayrami sifatida o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz maqom san’ati ustalari bilan uchrashdi. Ular bilan maqom san’ati istiqbollari, xalqaro maqom san’ati anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish  borasida suhbatlashdi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.